Telegram Group Search
BESH TASHABBUS OLIMPIADASI – TA’LIM BILAN BIRGA

Joriy yilning 15-may kuni Xonobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabida aprel oyida start berilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o’tkazilgan sport musobaqalari hamda ko’rik tanlovlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarni taqdirlash marosimi hamda konsert dasturi o’tkazildi.

Mazkur tadbirda shahar hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, maktab o’quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan sektor rahbarlari ushbu olimpiada g’oliblarini chin yurakdan tabriklab, ularga sovg’alarni topshirdilar. Shundan so’ng konsert dasturi hamda qiziqarli omadli o’yinlar va taqdirlash marosimining davomi o’tkazildi

https://www.tg-me.com/ima_xonobod
Bugun shahrimizdagi 4-umumta'lim maktabida bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hunarmand o'quvchilar ishtirokida "ORZULARNI MAQSADLARGA AYLANTIRAMIZ" shiori ostida ko'rgazma tashkil etildi.

Unda shahar hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, aloqador mutasaddi tashkilotlar ishtiroki etdilar.

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BUGUN SHAHRIMIZDA OʻQUVCHILAR ISHTIROKIDA TASHKIL ETILGAN "ORZULARNI MAQSADLARGA AYLANTIRAMIZ" SHIORI OSTIDAGI KO'RGAZMALARDAN LAVHALAR

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
ХОНОБОД ШАҲАР ФУҚАРОЛАРИ ДИҚҚАТИГА!

18.05.2024й шанба куни соат 09:00да Хонобод шаҳар ҳокимлиги биносида, шаҳар ҳокими бошчилигида, сектор раҳбарлари ва барча мутасаддилар иштирокидаги шаҳар ҳокимининг фуқаролар мурожаатлари қабули бўлиб ўтади.

УНУТМАНГ ҳар бир фуқаро мурожаати шаҳар ҳокимининг эътибори ва назоратида!

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
DIQQAT EʼLON!

Хotin-qizlar yana bir imtiyozdan foydalanishlari uchun qabul boshlandi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilmoqda!

Ma’lumki, Hukumat qarori (2022 yil 9 iyundagi VMQ-322-son) bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

👉Batafsil maʼlumot👈

Quyidagi hujjatlarni Xonobod shahar hokimligiga 1-iyunga qadar taqdim qiladi (2-qavat 33-xona)

1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta.
2. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.
3. O‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom asli.

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining navbatdan tashqari
ellik sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi


Bugungi sessiya ishida viloyat Kengashiga saylangan deputat, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar Kengashi kotibiyat mudiri, shahar hokimining oʻrinbosarlari va guruh rahbari, mutasaddi shahar tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi

Sessiya kun tartibiga 1  ta masala koʻrib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2024 yil 14 mart kuni Sayxunobod tumaniga tashrifi davomida hamda oʻtkazilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar boʻyicha 20-sonli bayon ijrosini tashkil qilish sektorlarda olib borilgan ishlar tog‘risida hisoboti tinglandi.

https://www.tg-me.com/Xonobod shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI/com.Xonobodpress
2024/05/21 00:43:36
Back to Top
HTML Embed Code: